Foto: Du Rove's Channel
Telegram asoschisi Pavel Durov Qozog‘istonga tashrifi haqidagi taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishdi. Durov o‘zining tegishli fikrlari va suratlarini Telegram kanalida e’lon qildi.
“Yaqinda Markaziy Osiyoning iqtisodiy qudrati bo‘lgan Qozog‘istondan qaytdim. Muhtasham Ostona, jo‘shqin Olmaota, xushmanzara Burabay va go‘zal Chorin kanyoniga tashrif buyurdim. Qozog‘istonning go‘zalligi bilan faqat uning ambitsiyalari raqobatlasha oladi.
Mamlakat biznes uchun qulay siyosat va soliqlar bilan xalqaro kompaniyalar hamda texnologik startaplarni o‘ziga jalb qiladi. Shuningdek, u innovatsion maktablar va universitetlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustunligini oshiradi”, deydi Telegram asoschisi.
Kollaj: “Daryo”
Durovning ta’kidlashicha, 20 million qozog‘istonlikning 12,5 millioni hozirda Telegram'dan foydalanmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.
“Biz qozoq xalqi uchun asosiy muloqot platformasi bo‘lib xizmat qilishdan faxrlanamiz va uning jadal iqtisodiy hamda raqamli transformatsiyasini tezlashtiradigan vosita bo‘lib qolishga umid qilamiz”, deya xulosa qildi Durov.
Durovning O‘zbekistonga tashrifi
U O‘zbekiston aholisining 70 foizdan ortig‘i Telegram'dan foydalanishini aytgan. Ayni paytda bu tarmoq butun boshli iqtisodiyot tizimlarining bir qismiga aylanib ulgurganidan mamnuniyat bildirgan. O‘zbekistonning samimiy insonlari bilan ko‘rishganini, iliq kutib olinganini ta’kidlab, Toshkentga yil yakuniga qadar yana bir bor kelishi mumkinligiga ishora qilgan.
Kollaj: “Daryo”
“O‘zbekistonga safarim chog‘ida tez rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy O‘zbekistonning tog‘li landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixi meni lol qoldirdi,” deya o‘z hayratini izhor qilgan Durov.
Qirg‘izistonga tashrif
Durov mamlakat haqida nihoyatda iliq fikrlarini bildirgan. Qirg‘iziston tog‘lari yaqinida otda uyushtirgan sayohatini mamnuniyat bilan eslab o‘tgan.
“Men Qirg‘izistonning odamlari va tabiatini yaxshi ko‘rib qoldim. Mamlakat Markaziy Osiyoning haqiqiy yashirin javohiri. Uning ob-havosi ajoyib, chivinlar yo‘q edi. Biz tog‘larda va Issiqko‘l atrofida piyoda va ko‘pincha otda sayr qildik. Shuni angladimki, Qirg‘iziston butun mamlakat bo‘ylab katta tezlikda ajoyib infratuzilmani yaratmoqda”, degan u.
Foto: Du Rove's Channel
Shuningdek, Durov mamlakat aholisi orasida Telegram'dan foydalanish ko‘rsatkichi oshib borayotganini bildirgan. So‘nggi 4 oyda ushbu ijtimoiy tarmoqning Qirg‘izistonda mashhurligi 30 foizga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi