O‘zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) yaratiladi.
Bu haqda joriy yil 18 iyul kuni Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-102-sonli farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Turizm qo‘mitasi:
- 2024 yil 1 oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazadi;
- 2024 yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;
- 2024–2025 yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.
2025 yil 1 yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028 yil 1 yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi