Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Viloyatliklarni haqorat qilgan yana bir qizga ma’muriy jazo qo‘llandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2004 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi S.R. 2024 yilning 20 iyul kuni Instagram'dagi sahifasida viloyatliklarni haqorat qilgan. U to‘g‘ridan to‘g‘ri vaqtida axloq qoidalarini mensimagan holda behayo so‘zlar bilan viloyatlarda yashovchi aholining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. Qizning ushbu harakatlari ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, S.R. holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun Chirchiq shahar IIB XPG profilaktika inspektori kelganida ko‘chada baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan holda mayda bezorilik sodir etgan.
S.R. sudda viloyatliklarga nisbatan haqoratli so‘zlarni salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida aytib yuborganligini, bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini ta’kidlagan. U barchadan uzr so‘rashini aytgan va suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan S.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Rossiya Federatsiyasi sobiq ofitseri: Yadro quroli to‘liq jangovar tayyor holatda saqlanyapti