18:56 / 24.07.2024
208

Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani aytilmoqda

Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani aytilmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda hokimi yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida 16 iyul kuni 1959 yilda tug‘ilgan M.I. turli xil tan jarohatlari olgan.

Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatini og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani aytilmoqda