Foto: Videodan kadr
Farg‘ona shahri buyum bozorida tadbirkorlar va ma’muriyat o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bozor hududida janjal yuz bergani, Milliy gvardiya xodimlari odamlarni tinchlantirishga uringanini ko‘rish mumkin. Nizo nima sababdan kelib chiqqani aytilmagan.
Milliy gvardiya boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa 24 iyul kuni sodir bo‘lgan. Kelishmovchilikka asosiy sabab — ko‘plab tadbirkorlar shartnomada belgilangan hududdan chiqib, bozor ichki yo‘laklarida savdo qilayotgani ekani ta’kidlanmoqda.
Qayd qilinishicha, «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan bozor ma’muriyati tadbirkorlardan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgan.
«Bozor ma’muriyati bu borada tushuntirish ishlarini boshlaganda tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan hech kim jabrlanmagan, belgilangan tartibda ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan. Milliy gvardiya boshqarmasining ta’kidlashicha, har bir holatga huquqiy baho beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi