Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni o‘z oldiga tadbirkorlarning xuquqlariga rioya etilishini nazorat qilishni ustivor yo‘nalish qilib belgilab olgan.
Vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘basi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlar faoliyatida tekshirish o‘tkazish tartibini buzgan, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishda muddat buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan va tadbirkorlarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etmagan saksondan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Xususan tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqishning belgilangan tartibi va muddatlariga rioya etmagan 38 nafar, noqonuniy tekshirish o‘tkazgan va tekshirish o‘tkazish tartibini buzgan 27 nafar, Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga rioya etmagan 10 nafar va tadbirkorlar manfaatiga rioya etishda xuquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 8 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy ish qo‘zg‘atilib tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari turli Davlat va nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra tadbirkorlar bilan ishlashda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarmaganligi uchun 10 dan ziyod mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
Vakil Devoni tomonidan bu boradagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi