Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi A.A. adolatsiz qaror chiqargani uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum etildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanishdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, 50 yoshli A.A. Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlab, ommaviy-huquqiy nizolar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish vaqtida o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan. U 2021-2022 yillar davomida 27 ta holatda Yer kodeksi, prezident, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmon va qarorlari talablariga zid ravishda hokimlik hamda kadastr idoralarining yer (bino-inshootlar) bilan bog‘liq qarorlarini haqiqiy emas deb topib, ular zimmasiga majburiyatlar yuklash haqida adolatsiz hal qiluv qarorlari qabul qilgan.
A.A. tomonidan qabul qilingan ushbu 27 ta hal qiluv qarorining barchasi Toshkent viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi qarorlari bilan bekor qilingan.
Sudya o‘zi sudlanuvchi sifatida ishtirok etgan sud majlisida aybiga iqror bo‘lmasdan, faoliyati davomida ishlarni ko‘rishda tegishli protsessual normaga tayangan holda qonunga amal qilganini, xolis yondashganligini bildirgan. U mazkur hal qiluv qarorlarini qabul qilishida hech qanday moddiy manfaatdorlik bo‘lmaganligini aytib, suddan adolatli hukm chiqarishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 2024 yil 4 iyuldagi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 231-moddasi 1-qismi (Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish) bilan aybli deb topilgan. Unga 2 yil sud idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarida o‘tash belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari