Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasiga majburiy ravishda nos chektirgani haqida xabar tarqaldi. Ekologiya vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida yuqoridagi holat Denov tumani “Yangikuch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar H.N. va M.N. tomonidan aprel oyi boshlarida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.
Ya’ni H.N. ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylash uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqani ushlab, nos chektirgan.
Holat yuzasidan ikki nafar fuqaroning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari — 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi