Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu masala viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida keskin muhokama qilingan. Tuman hokimi F.Yusupov shu va ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgan.
“Tuman hokimi har bir fuqaro bilan xushmuomala va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi uqtirildi va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda tegishli javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi”, deyiladi munosabatda.
Oldinroq Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga qo‘l ko‘targani xabar qilingandi. Hokim IIB xodimlari gaplashib turgan fuqaro oldiga kelgan va kutilmaganda uning yuziga tarsaki tortib yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi