12:53 / 03.08.2024
182

DXX bir qator mansabdorlarni qo‘lga oldi

DXX bir qator mansabdorlarni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «O‘rtachirchiq tumangaz» gaz ta’minoti bosh muhandisi non mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan binoni gaz tarmog‘iga ulab berish, texnik hujjatlarni rasmiylashtirish, hisoblagich o‘rnatish, gaz quvurlarini tortish va boshqa ishlarni qilib berish evaziga 8500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

«Xazorasp erkin iqtisodiy zona direksiyasi» davlat unitar korxonasi mutaxassisi Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘zining mansabdor tanishlari orqali Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 6 ming AQSH dollari talab qiladi.

Xizmatning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mutaxassis 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Savdo-sanoat palatasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi Bog‘ot tumani bo‘limi mansabdor shaxsi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning yerga bo‘lgan egalik huquqini qayta tiklab berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 400 AQSH dollari hamda 1.200.000 so‘m olgan vaqtida Xizmatning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Department xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda 2 nafar fuqaroni mazkur birlashmaga ishga qabul qilish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa avtotransport vositalari extiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJning bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan 2024 yilning iyun oyida Turkiya davlatidan olib kelingan qiymati 850 mln. so‘mlik tovar moddiy boyliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojlarini bojxona idoralaridagi tanishlari orqali tez va arzon narxlarda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirib berganligi evaziga 1300 AQSH dollari talab qilib, shundan 1100 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli bojxona postlaridan birining boshlig‘i ham 200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX bir qator mansabdorlarni qo‘lga oldi