
Turmushi bo‘lmay, yo‘llari boshqa bo‘lgan er-xotin munosabatlarining butunlay uzilib ketmasligiga o‘rtadagi farzandlar sababchi bo‘ladi. Chunki oila buzilgan bo‘lsa-da,uning mevasi bo‘lgan bolajonlarning to voyaga yetgunga qadar bo‘lgan moddiy ta’minotiga ota-ona birdek mas’ul. Lekin bu mas’uliyatni his qilmay,majburiyatini unutib qo‘yayotgan fuqarolar ham kam emas.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor J.Yu.dan undiruvchi D.Yu. foydasiga 1 nafar farzandining ta’minoti uchun jami 54.746.663 so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining 24.07.2024 yildagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJKning 47-4 moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy jazo tayinlandi.
Shundan so‘ng qarzdor J.Yu.ning qarindoshlari tomonidan yig‘ilib qolgan 54.746.663 so‘m aliment pullarini to‘lab berishlari bildirildi. Undiruvchi roziligi bilan mazkur qarzdorlik summasi D.Yu.ga tegishli tartibda topshirildi.
Oila BuzilishiFarzand Ta’minotiQarzdorlik Mas’uliyatiUchtepa SudToshkent TumanJinoyat Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing