21:12 / 05.08.2024
118

Endi shifo izlab xorijga borishga hojat yo‘q: murakkab jarrohlik amaliyotlari yurtimizda o‘tkazilmoqda

Endi shifo izlab xorijga borishga hojat yo‘q: murakkab jarrohlik amaliyotlari yurtimizda o‘tkazilmoqda
Milliy tibbiyot markazida o‘tkazilayotgan murakkab jarrohlik amaliyotilari va yaratilgan sharoitlar haqida markazning Jarrohlik bo‘limi boshlig‘i, Qon tomir jarrohi Uchqun Narzullayev ma’lumotlari.

Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxtimizning Yashnobod tumanida zamonaviy tibbiyot va ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlari asosida bunyod etilgan Milliy tibbiyot markazining faoliyat boshlaganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay, bu yerda ko‘plab bemorlarda jahon standartlari darajasida murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarilib, ular sog‘lom hayotga qaytarilmoqda.

Markazda o‘ta murakkab operatsiyalar deyarli har kuni amalga oshiriladi. Buning uchun jarrohlik bo‘limi Xalqaro standartlarga mos, zamonaviy tibbiy anjomlar bilan ta’minlangan.

“Markazning yuragi” bo‘lgan jarrohlik bo‘limi bir paytning o‘zida 18 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Bo‘limning ishlash tartibi boshqa bo‘limlardan farq qiladi: bu yerda hamisha shifokorlar, hamshiralar va yordamchi personaldan tashkil topgan guruh bemorlarga shifo ulashishga shay.

Bu yerda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bahosi arzon, sifatli bo‘lib, imtiyozga ega bemorlarga bepul amalga oshiriladi.

Malakali, qo‘li yengil jarrohlardan iborat jamoa dunyoning rivojlangan davlatlarida malaka oshirib, kasbiy tajribasini orttirgan.

Markaz yiliga 3000dan ortiq yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega. Jumladan:
- aorta-koronar shuntlash;
- estetik-plastik xirurgiya;
- artroplastika, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish kabi kasalliklar bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi shifo izlab xorijga borishga hojat yo‘q: murakkab jarrohlik amaliyotlari yurtimizda o‘tkazilmoqda