14:38 / 06.08.2024
53

Zangiotada alimentchi ota farzandlari uchun 4 xonali uy berdi

Zangiotada alimentchi ota farzandlari uchun 4 xonali uy berdi
Ajrimlar sabab yuzaga keladigan bola ta’minoti bilan bog‘liq ijro ishlari Byuro organlari ish yurituvidagi hujjatlarning katta qismini tashkil etadi. Bu kabi davriy ijro ishlari muddatidan avval tugatilib,aliment bilan bog‘liq muammolar ikki tomonlama ijobiy hal bo‘lsa barcha birdek qoniqadi. Bunda ayniqsa o‘rtadagi voyaga yetmagan qora ko‘zlarni nafaqat moddiy ta’minoti balki kelajagiga befarq bo‘lmay,o‘z otalik burchini his etgan fuqarolarning borligi ham insonni xursand qiladi.

Byuroning Zangiota tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor D.A.dan, undiruvchi Z.A.ga 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun ½ qism miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor D.Abdullaxonov tomonidan uch nafar farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullari evaziga taxminiy narxi 600 mln. so‘m bo‘lgan 4 xonali uyni sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga o‘tqazib berish taklifi bildirilgan. Undiruvchi Z.A. roziligi asosida mazkur kelishuv amalga oshirilib, qarzdor tomonidan voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti o‘rniga 4 xonali uyni nomiga o‘tkazib bergan.

Shuning asosida mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilib,amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada alimentchi ota farzandlari uchun 4 xonali uy berdi