08:18 / 14.08.2024
255

Bulung‘ur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qildi

Bulung‘ur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qildi
Parij Olimpiadasi ishtirokchisi, boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Sitora Turdibekova Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tantanali kutib olindi.

Tuman hokimi Samandar Astanov bokschi qizning Parijdagi turnirning nimchorak finalida xitoy taypeyilik raqibiga alamli tarzda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, musobaqada munosib ishtirok etib, olqishlarga sazovor bo‘lganini qayd etdi va unga yangi uy sovg‘a qildi.

Shuningdek, bokschining ota-onasiga esdalik sovg‘alar topshirildi. Bu haqida hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiadasi ayollar o‘rtasidagi boks bahslarining -57 kg vazn toifasida Sitora Turdibekova xitoy taypeyilik Lin Yu Tinga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bulung‘ur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qildi