© "Dunyo" AA
Malayziya xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarishda tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda "Dunyo" AA ma’lum qildi.
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Semenix" xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbari Mohd Rozi bin Xassan bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston dunyoning 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirgan hamda elektron viza tizimi joriy etgan.
Malayziyaga kirish uchun dunyoning 150 dan ortiq mamlakat fuqarolariga, shu jumladan o‘zbekistonliklar uchun 30 kungacha vizasiz rejim amal qilmoqda.
"2023 yilda Malayziyaga 29 million xorijiy fuqarolar turli maqsadlarda kelgan. Biroq, chet elliklar tomonidan Malayziyada bo‘lib turish qonun-qoidalarini buzish holatlari ham uchramoqda. O‘zbekistonliklar Malayziya migratsiya tartib-qoidalariga rioya qilmoqda va xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q", — dedi Mohd Rozi bin Xassan.
Malayziya tomoni, shuningdek, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonning vakolatli organlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida diplomatik missiya va mazkur muassasa o‘rtasida tegishli masalalar bo‘yicha yaqin aloqalarni o‘rnatish, O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi