22:11 / 22.08.2024
80

Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun

Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Milliy tibbiyot markazi mutaxassislarining navbatidagi manzili Toshkent viloyatining Olmaliq shahri bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 fevralda tibbiyotga oid o‘tkazgan yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlari ijrosiga ko‘ra markazning "Mobil angiograf" apparati va tajribali 18 nafar tor soha mutaxassislari transplantolog, kardioxirurg, neyroxirurg, qon-tomir xirurgi, xirurg, okulist, akusher-ginekolog, proktolog, endokrinolog, kardiolog, terapevt va boshqa mutaxassislari joriy yilning 20 avgustida Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuborilib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazmoqdalar.

Tibbiy ko‘rikdan bugungi kunga qadar jami 658 nafar (shundan 35 nafar 18 yoshgacha, 623 nafar kattalar, 116 nafar fertil yoshidagi ayollar) aholi o‘tkazilib, 320 nafarida turli kasalliklar aniqlangan.

Kasallarning 203 nafariga ambulator, 75 nafariga statsionar va 42 nafariga yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti tavsiya qilinib sog‘lomlashtirish ishlari tuman, viloyat va Respublika darajasida boshlab yuborilgan.

Shuningdek, Mobil angiograf yordamida havf guruhdagi 84 nafar bemorlarda joyida Angiografiya tekshiruvi o‘tkazilishi va aniqlangan kasalliklarni sog‘lomlashtirish ishlari rejalashtirilgan.


🔹Ko‘rik mazkur oyning oxiriga qadar ushbu manzilda davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun