Umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanadi

Umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanadi
Foto: Getty images
2024 yil 10 sentyabr kunidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi.

O‘zbekiston fuqarolari Uzbekistan Airways AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar fuqarolarga hamroh bo‘ladi.

Madina shahrida Grand Shahba, Makka shahrida esa Marmara Group Hotel mehmonxonalarida yurtdoshlar istiqomat qiladi. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.

Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar