Foto: Jizzax viloyat Ekologiya boshqarmasi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida aholi yashash joylariga kelib qolgan Seversov qo‘yi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 25 avgust kuni Baxmal o‘rmon xo‘jaligi hududiga yaqin joylashgan aholi gavjum yashash joylariga Seversov qo‘yi — Qizilqum arxari kelib qolgan. Aholi vakillaridan biri arxarni tutib, Baxmal o‘rmon xo‘jaligining nozirlariga topshirgan.
Qizil kitobga kiritilgan, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan jonivorning umumiy ahvoli nozirlar tomonidan veterinar ko‘rigidan o‘tkazildi. Har tomonlama sog‘lom deb topilgan jonivor Nurota davlat qo‘riqxonasiga qarashli Falcon Solutcons MCHJ xodimlariga topshirildi.
Ma’lumot uchun, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum arxari Pomir-Oloy tog‘lari tarkibiga kiruvchi tog‘lar qoldiqlari — Nurota, Oqtog‘, Molguzar, Turkiston, Zarafshon, Pistalitog‘, Tomditog‘, Bo‘kantog‘ tizmalarida uchraydi. XX asrning o‘rtalariga kelib, bu tur keskin kamayib ketib, ayrim tarqalish mintaqalarida butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfida bo‘lgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur tur Nurota davlat qo‘riqxonasida saqlab qolingan. Bugungi kunda tur populyatsiyasining 80 foizi Nurota qo‘riqxonasi hududida uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi