12:14 / 27.08.2024
32

Binosi xatlangach, korxona 3,7 mlrd. so‘m soliq qarzini to‘ladi

Binosi xatlangach, korxona 3,7 mlrd. so‘m soliq qarzini to‘ladi
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarning oshib ketishi davlat budjeti hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari soliq idoralari mas’ullari bilan hamkorlikda soliq qarzlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Baliqchi tumanida mahallabay tizimi asosida ish tashkil etgan ishchi guruh vakillari qarzdor jismoniy hamda yuridik shaxslardan soliq to‘lovlarini undirib, qarzdorliklarni qisqartirmoqda. To‘lashni paysalga solayotgan qarzdorlarga esa belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rib borilmoqda.

Misol uchun, Andijon viloyat soliq boshqarmasining qaroriga ko‘ra “Skorton Textile” MCHJdan 3 mlrd. 712 mln. so‘m miqdorida soliq qarzi undirish belgilangan. Soliq to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli 2 qavatli 70 xonadan iborat ip yigiruv fabrikasi xatlab qo‘yildi.

Shundan so‘ng, qarzdor MCHJ tomonidan soliq qarzlari to‘liq bartaraf etilib, 3 mlrd. 712 mln. so‘m davlat foydasiga undirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Binosi xatlangach, korxona 3,7 mlrd. so‘m soliq qarzini to‘ladi