12:51 / 21.09.2016
7 832

Britaniyalik sotuvchi ayol o‘g‘ri qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi

Britaniyalik sotuvchi ayol o‘g‘ri qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi

Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahridagi do‘konda sotuvchilik qiladigan ayol o‘zining xotirjamligi bilan pulni o‘marishga kirgan o‘g‘rining hushini boshidan uchirdi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Karamjit Sanganing hikoya qilishicha, u choy ichib o‘tirganida, do‘konga 20smlar keladigan pichoq bilan qurollangan erkak kishi bostirib kirgan.

«U menga barcha pullarni berishni buyurdi. Biroq, men xotirjam edim. Men choy ichayapman, deb javob berdim», — degan jasur sotuvchi.

Shundan so‘ng, jinoyatchi yana bir bor naqd pullarni berishni talab qilib o‘shqirgan. Ayol bunga javoban «yaxshi» deya, pichoqni olib o‘g‘rining yuziga silkita boshlagan.

«Men unga yomonlik qilmoqchi emasdim. Biroq, shuning o‘zi o‘g‘rini qo‘rqitishga kifoya qildi, uning qo‘llari qaltirab, qochib ketdi», — degan Sanga.

Polisiya tez orada gumondorni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Shahar sudi mahalliy fuqaro Styuart Glisonni o‘g‘irlikka urinish, sovuq qurol olib yurish va soxta kupyuralarni saqlashlikda aybdor deb topib, 5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Britaniyalik sotuvchi ayol o‘g‘ri qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi