10:55 / 29.08.2024
45

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovga podpolkovnik harbiy unvoni berildi

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovga podpolkovnik harbiy unvoni berildi
Milliy gvardiya qo‘mondoni general mayor Rustam Jo‘rayev ishtirokida Parij—2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh tizim harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Do‘stmatovlarga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvonlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi orasida o‘zlarining sadoqati, jasorati va mardligi bilan o‘rnak bo‘lib, ustoz-shogird an’analariga muvofiq harbiy xizmatchilar va yoshlar orasida sportni targ‘ib qilishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun, kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Hasanboy Ma’rufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi — Qilichov To‘lqin Maxmurovich, O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi — Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi — podpolkovnik Rasulov Elshod Yunusovich “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatov Parij Olimpiadasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu bokschilarning Olimpiadadagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovga podpolkovnik harbiy unvoni berildi