17:00 / 01.09.2024
36

Elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirishga endi arizachidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi

Elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirishga endi arizachidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi
“Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Endilikda MIBga iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi arizaga qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud buyrug‘ini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning ko‘chirma nusxalari ham ilova qilinadi:
  • iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning;
  • penya hisoblanishi to‘g‘risidagi va iste’molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish ko‘rsatilgan, qarzni to‘lash to‘g‘risidagi talabning, shuningdek uning iste’molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
  • iste’molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning.

Pochta xarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.

Hujjat 28 avgustdan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirishga endi arizachidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi