date
views 181

Namangan viloyatidagi Nanay qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Namangan viloyatidagi Nanay qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Foto: Turizm qoʻmitasi
Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Nanay qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi. Mutasaddilarning qayd etishicha, bu Fargʻona vodiysida ilk bor amalga oshirildi, deya xabar beradi “Daryo”.

Turizmni rivojlantirish, sayyohlarga munosib sharoit yaratish maqsadida oxirgi 5 yil davomida qishloqda 150 dan ortiq mehmon uyi, 2 ta hostel, 15 umumiy ovqatlanish maskani tashkil etildi.

Foto: Turizm qoʻmitasi
Joriy yilning oʻzida 18 ta turizm ob'ekti barpo etilib, 300 dan ortiq ish oʻrni yaratildi. Osma koʻprik va dor yoʻli foydalanishga topshirildi.

Nanayga joriy yilning 8 oyi davomida 20 mingga yaqin xorijiy, 220 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar keldi. Hozirgi kunda qishloq hududida umumiy qiymati 30 million dollarga teng 87 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Foto: Turizm qoʻmitasi
Qishloq hududidan oqib oʻtuvchi Podshootasoy qirgʻogʻida 1,3 kilometr masofada salomatlik yoʻlakchalari bunyod etildi. Barpo etilgan koʻplab sun'iy sharsharalar esa qishloq jozibasini yanada oshirdi.

Foto: Turizm qoʻmitasi
Nanayda boʻlib oʻtgan tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sardor Niyazov, viloyat hokimi oʻrinbosari Botir Nuriddinov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi tomonidan Nanayga “turizm qishlogʻi” maqomi berilgani e'lon qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyatidagi Nanay qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi