Foto: Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi
Buxoro viloyati Jondor tumanida saksovul butalarini sindirgan fuqaroga jarima qo‘llanildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho‘l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Jondor tumani “Qozikenti” MFYda yashovchi fuqaro Y.N. tuman o‘rmon fondi yerlaridan tabiiy holatda o‘sgan saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan 9 452 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanildi.
Jondor tuman bo‘limi tomonidan avgust oyida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 31 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 24 140 000 so‘m jarima hamda tabiatga zarar hisoblandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi