13:14 / 06.09.2024
28

Farg‘onada yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachoqlanib ketdi

Farg‘onada yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachoqlanib ketdi
Foto: Farg‘ona viloyati YHXB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Quva tumanida yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachoqlanib ketdi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, holat 5 sentyabr kuni soat 11:20 larda Quva tumani hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 186-kilometrida sodir bo‘lgan. Hyundai rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda ushbu holat yuzasidan Quva tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati YHXB axborot xizmati
O‘zbekistonda 2023 yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganiga qaramay, qaytadan rulga o‘tirgan shaxslar 707 ta YTH sodir etgan. Buning oqibatda 212 nafar shaxs vafot etgan, 546 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar umumiy haydovchilar sonining 0,3 foizini tashkil qilgani holda, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari jami yuz bergan avariyalarning 11 foizini tashkil etgan.

2024 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha qonuniy ravishda o‘qib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan 10 million 200 mingdan ortiq qoidabuzarlik sodir etilgan.

Qayd etilishicha, bu davrda YTHning 58,5 foizi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. Piyodalar ishtirokidagi hodisalarning 20 foizi piyodalar o‘tish joylari tashkil etilmagani oqibatida, 19 foizi esa piyodalar o‘tish joyi mavjud bo‘lsa-da, piyodalar tomonidan ongli ravishda yo‘l harakati qoidalariga bo‘ysunmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishlari oqibatida sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachoqlanib ketdi