“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishi, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududidan qat’iy nazar, kafolatlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
So‘nggi yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda xarid qilingan paxta chigitini bir viloyatdan (shahardan) boshqa viloyatga (shaharga) olib chiqishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan noroziliklar bildirgan ko‘plab murojaatlar bo‘lgandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligining, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishining kafolati mustahkamlandi.
Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda turtilgan qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 5 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2024 yil 18 mayda ma’qullangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?