Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024 yilning avgust oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qilindi. Bu haqda MHTI matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent shahrida 2024 yilning avgust oyida uy-joylar uchun ijara narxining oshishi kuzatildi va bunga bir qancha omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha kutilmalar ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyidagiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshdi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasiga talabning oshishi bo‘yicha kutilmalar ushbu turdagi uylar ijara narxlariga ta’sir ko‘rsatdi. 2024 yilning avgust oyida ijara narxlari iyul oyidagiga nisbatan o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun 1,3 foizga, 2 xonali uylar uchun 2,1 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,7 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 285 dollar, 2 xonali – 348 dollar, 3 xonali – 387 dollar, 4 xonali - 460 dollar), Olmazor (1 xonali – 301 dollar, 2 xonali – 359 dollar, 3 xonali – 414 dollar, 4 xonali – 471 dollar) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350 dollar, 2 xonali – 445 dollar, 3 xonali – 550 dollar, 4 xonali – 736 dollar) va Yakkasaroy (1 xonali – 349 dollar, 2 xonali – 455 dollar, 3 xonali – 585 dollar, 4 xonali – 603 dollar) tumanlarida kuzatildi.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024 yilning avgust oyida to‘liq ta’mirlangan 3 xonali va 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari iyul oyidagiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, 1 xonali va 2 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida o‘sish kuzatildi. Mazkur davrda 3 xonali uy-joylar ijarasi 0,4 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 2,0 foizga arzonlashgan bo‘lsa-da, 2 xonali uy-joylar ijarasi o‘rtacha 0,1 foizga, 1 xonali uy-joylar ijarasi 3,4 foizga qimmatlashdi.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335 dollar, 2 xonali – 416 dollar, 3 xonali – 501 dollar, 4 xonali – 634 dollar) va Uchtepa (1 xonali – 377 dollar, 2 xonali – 437 dollar, 3 xonali – 563 dollar, 4 xonali – 669 dollar) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456 dollar, 2 xonali – 688 dollar, 3 xonali – 1006 dollar, 4 xonali – 1274 dollar) va Shayxontohur (1 xonali – 421 dollar, 2 xonali – 715 dollar, 3 xonali – 1014 dollar, 4 xonali – 1279 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Ijara narxlari “olx.uz” platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024 yilning iyul oyi uchun 52,6 mingta va avgust oyi uchun 51,9 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?