
Foto: MIB
Toshkent viloyatida aliment to‘lash bilan bog‘liq rekord qayd etildi, deb Zamin.uz'ga xabar berdi Majburiy ijro byurosi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent tumanida ayol 3, 4 va 6 yoshli farzandlari ta’minoti uchun 18 yoshgacha bo‘lgan aliment qarzdorligini to‘lash istagini bildirgan. Boisi ayol davolanish uchun chet elga chiqishi kerak bo‘lgan. Alimentdan qarzdorligi va shu sababli MIB taqiqi bo‘lgani uchun ayol davolanishga keta olmayotgan bo‘lgan.
Uch nafar farzand uchun 2039 yilgacha aliment to‘lovi 1 mlrd 748 mln 902 so‘m etib hisoblangan va ushbu summa undiruvchiga topshirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar