135
Qashqadaryoda xotinini kelinlari, o‘g‘li va nabiralarining oldida yoqib yuborgan shaxsga hukm o‘qildi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida xotinini kelinlari, o‘g‘li va nabiralarining yonida yoqib yuborgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Y.R. Yakkabog‘ tumani, “Sheroziy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyda qonuniy nikohida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i R.E. bilan bir xonadonda yashab kelib, taxminan 2014 yil mart oyidan boshlab 2024 yil 22 aprel kuniga qadar turmush o‘rtog‘ini xiyonatda ayblab, u bilan doimiy nizolashib kelgan.
Erkak 22 aprel kuni soat taxminan 20:00 larda mast holatda yashash uyining hovlisidagi supada dam olib yotganida, turmush o‘rtog‘i G.Raximovaning telefonda gaplashib, suhbatdoshiga erini nazarda tutib “iflos uyda, ertaga ishga ketganidan keyin gaplashamiz” degan gaplarini eshitib qolgan.
Shundan so‘ng uni o‘ldirish maqsadida hovlidagi 1 litr hajmli yelim idish (baklajka)da turgan benzinni olib, turmush o‘rtog‘i o‘tirgan uyga kirgan. Ikki kelini, voyaga yetmagan o‘g‘li hamda beshikda yotgan nevaralarining ko‘z o‘ngida ularning hayotini xavfga solib, ayolga “seni o‘ldirmasam, qutulmas ekanman” deb, uning yuz va ko‘krak qismlariga baklashdagi benzinni sepib, o‘ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan va yonayotgan turmush o‘rtog‘iga yordam berish chorasini ko‘rmasdan, hodisa joyidan ko‘chaga chiqib ketgan.
Shu yerda bo‘lgan kelinlari hamda o‘g‘li suv sepib olovni o‘chirib, tez yordam mashinasida Yakkabog‘ tuman shifoxonasiga olib kelgan hamda tibbiyot xodimlarining ko‘rsatgan malakali yordami natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.
Erkak sudda aybiga iqrorligini va chin dildan pushaymonligini, jabrlanuvchidan ham kechirim so‘raganini, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini inobatga olib, suddan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘radi.
Aybdor Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismining “d, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga shu modda bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bundan avval Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida xotinini tiriklayin tandirga solib, yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qilgan edi. Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?