10:40 / 17.09.2024
50

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasi ommaviy tadbirlar o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Qayd etilishicha, ayrim ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida ishtirokchilar «jamoat xavfsizligiga va fuqarolar xavfsizligiga xavf soluvchi» xatti-harakatlarni ko‘paytirmoqda.

Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
  • ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektini tanlashda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ularga tahdid soluvchi vaziyatlarda fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil qilish uchun sharoitlar mavjudligini hisobga olish;
  • tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarni favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish tartibi, yo‘llari va yo‘nalishlari to‘g‘risida xabardor qilish;
  • obyektga kirish-chiqish xavfsizligini, obyektga borish va kirish joylarida avtomobillar harakatini cheklaydigan fizik to‘siqlar o‘rnatilishini ta’minlash.

Endi zarurat bo‘lganda, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyasi ommaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish davrida muhandis-texnik kommunikatsiyalar xavfsiz ishlashini, energiya ta’minoti va yong‘in xavfsizligini, yo‘l harakati xavfsizligi, ishtirokchilarning evakuatsiya qilinishini va favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini ta’minlash guruhlarini tashkil etishi mumkin.

Ishchi guruh nafaqat ob-havo sharoitiga qarab, balki xavfli tabiat hodisalari va texnogen avariyalarning yuzaga kelishi prognozlarini ham tekshirishi kerak.

Ommaviy tadbir tashkilotchisi favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rishi, bunday tahdidlar mavjud bo‘lganda esa fuqarolarni samarali evakuatsiya qilish uchun sharoit yaratishi shart.

Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joy ma’muriyati vahima ko‘tarilishi va evakuatsiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlar amalga oshirilishining (o‘tish joylarida, eshiklar oldida, zinalarda va boshqa joylarda odamlarning to‘planib qolishi) oldini olishga qaratilgan matn ishlab chiqilishini hamda favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimi orqali uzatib borilishini ta’minlashi shart.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi