22:49 / 22.09.2024
43

Afg‘onistonning yangi elchisi Toshkentga keldi

Afg‘onistonning yangi elchisi Toshkentga keldi
Foto: Ariana news
“Tolibon” tomonidan tayinlangan Afg‘onistonning yangi elchisi Abdul G‘affor Bahr 22 sentyabr kuni Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda Ariana news xabar berdi.

Abdul G‘affor Bahrni elchixonada ishonchli vakil sifatida rahbarlik qilgan Mo‘g‘furulloh Shahob va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi vazifasini yakunlagan Yodgorxo‘ja Shodmonov kutib olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu tayinlov Afg‘oniston diplomatiyasidagi yangi o‘zgarishlar va O‘zbekiston bilan munosabatlarning kengayishidan dalolat beradi.

Foto: Ariana news
Elchi yaqinda ikki davlat o‘rtasida kelishilgan loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi. U Afg‘onistonning Qandahor viloyatidan bo‘lib, muqaddam “Tolibon” hukumatining Oliy sudida tekshiruv va tadqiqot bo‘limi direktori bo‘lib ishlagan.

Foto: Ariana news
Fevral oyi boshida “Tolibon” kon va neft vazirining o‘g‘li Mo‘g‘furulloh Shahobni O‘zbekistonga elchi etib tayinlagan, u Toshkentga elchi qilib yuborilgan “Tolibon”ning rasman birinchi vakiliga aylangandi. Bu “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda amaldorlarga qarindoshlarini davlat muassasalariga ishga olishni taqiqlaganiga qaramay amalga oshgan.

Shahobdan oldin sobiq Afg‘oniston hukumatining vakili Ahmad Xolid Elimiy Toshkentda faoliyat yuritgan. Afg‘oniston hukumati qulashidan to “Tolibon” hukumati tomonidan Toshkentga birinchi elchi tayinlangunga qadar o‘tgan 2 yil davomida Elimiy “Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi nazorati ostida ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afg‘onistonning yangi elchisi Toshkentga keldi