Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 22 sentyabr kuni soat 20:40 atrofida “Spark” avtomashinasida harakatlanayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Mirzo Ulug‘bek MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zax kanaliga tushib ketgan.
Holat bo‘yicha FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan.
“Chirchiq shahar FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan”, — deyiladi xabarda.
Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."