20:31 / 23.09.2024
70

Prezident: Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

Prezident: Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi o‘rtasida nizolar ko‘payib borayotgani, bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolayotgani qayd etildi.

Qayd qilinishicha, qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruh xorijiy tajribani o‘rgangan va endi uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.

Bunda quruvchi uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri bankka topshiradi.

Banklar esa yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo‘ladi.

Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi