Foto: Videodan kadr
Toshkentning Sergeli tumanida o‘tkazilgan poyga vaqtida 1997 yilda tug‘lilgan D.K. Kia rusumli avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etgandi. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan ozod qilindi.
Holat yuzasidan may oyida haydovchi — 2000 yilda tug‘ilgan A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Sud hukmiga ko‘ra u 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan va 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 12 sentyabr kuni jinoyat ishi apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqildi. Sud ajrimiga ko‘ra, qamoqda saqlangan 4 oy 2 kun jazodan chegirilib, o‘tash uchun qolgan 2 yil 7 oy 28 kunlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblandi va 2 yil sinov muddati belgilandi. Sudlanuvchiga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, A.H. sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Ta’kidlanishicha, apellyatsiya instansiyasi sudida A.H.ning oila a’zolari tomonidan moddiy va ma’naviy zararlar to‘liq qoplangani, unga nisbatan hech qanday da’vo yo‘qligi, ayblanuvchi muqaddam sudlanmagani, aybiga iqror va qilmishidan pushaymonligi, oilaviy va moddiy ahvoli inobatga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi