17:05 / 30.09.2024
55

Bir guruh tadbirkor va quruvchilar murojaat qilishmoqda!

Bir guruh tadbirkor va quruvchilar murojaat qilishmoqda!
Vazirlar Mahkamasining 09.11.2022 yildagi 699-sonli Qarori bilan tashkil qilingan Qurilish vazirligi “Shaffof qurilish” milliy axborot reyting platformasida joriy yilning 26 iyul sanasida “Shaffof qurilish” milliy axborot reyting platformasida faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimidagi quruvchilarga tegishli bo‘lgan yuk va yengil avtotransport vositalari bo‘yicha ko‘rsatkichlari yangilanib (obnovleniye) berilgan bo‘lsa-da, qolgan tegishli davlat tashkilotlarining axborot bazasi 4 oydan buyon yangilanmasdan (baza obnovleniye) qolmoqda.

Joriy yilning 26 iyul sanasida “Shaffof qurilish” milliy axborot reyting platformasida qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlari hamda baholash metodikasi yangicha talqinda tasdiqlangan bo‘lib, unda baholash tizimlariga ko‘plab o‘zgatirishlar kiritildi va joriy yilning 12 sentyabr kuni yangi mezon bo‘yicha elektron reyting natijalari e’lon qilindi.

Ammo e’lon qilingan natijalar hali amaliyotga joriy etilmasligini bildirilib elektron reyting natijalari loyihasi bo‘yicha joriy yilning 18 setyabrdan boshlab yakuniy ma’lumotlarni qaytadan tortish boshlanib shakllangan reyting natijalari amaliyotga joriy etilishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramasdan tizim hanuzgacha yangilanmasdan (baza obnovleniye) qolmoqda.

Shu bilan birga, biz quruvchilar tomonidan muqaddam qilgan murojaatimizda keltirilgan vajlar, ya’ni yangi mezon talablarining 10-bandida korxona tashkil topganidan buyon ishlagan davri 15 yil va undan ortiq bo‘lsa, maksimal ball berilishi, eski mezon talablari bo‘yicha korxona tashkil topganidan buyon ishlagan davri 5 yil va undan ortiq bo‘lsa, maksimal ball berilishi ko‘zda tutilgan edi, biroq aynan ushbu holatlar ham shu vaqtga qadar o‘zgarishsiz qolmoqda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ushbu iltimosnomamizda keltirilgan vajlarni to‘liq va xolisona o‘rganib chiqib, “Shaffof qurilish” milliy axborot reyting platformasini butkul hamma bandlari bo‘yicha yangilab, shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot reyting platformasi qurilish-pudrat tashkilotlarini reytingini aniqlash mezonlari hamda baholash metodikasini yangicha talqinda tasdiqlangan baholash mezonini 10-bandini korxonani tashkil topganidan buyon ishlagan davri 15 yil deb ko‘rsatilgan muddatni eski holicha, ya’ni 5 yil muddat deb belgilanishini nazoratga olishingizni va tizimni yangilanishiga amaliy yordam berishingizni iltimos qilamiz.

O‘ylamizki, ushbu murojaat O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilariga yetib boradi va murojaat o‘rganiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir guruh tadbirkor va quruvchilar murojaat qilishmoqda!