19
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi
Senat 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat prezidentga imzolash uchun yuborilgan.
Bitim 2023 yil 18 may kuni Sian shahrida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi doirasida imzolangan.
Bitim 19 ta moddadan iborat. O‘zbekiston tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakolatli organ etib belgilandi.
15-moddaga ko‘ra, xalqaro hujjat nomuayyan muddatga tuziladi. Bitim davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi oxirgi xabarnomadan keyin kuchga kiradi.
Bitimda uzatilayotgan va qabul qilinayotgan har qanday shakldagi maxfiy axborotni o‘zaro himoya qilish, shuningdek, milliy qonunchilik bo‘yicha maxfiylik darajasi, maxfiylik («alohida muhimlik,» «mutlaqo maxfiy,» «maxfiy») belgilarini taqqoslash, maxfiy axborotni himoya qilish, uni uzatish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni aniqlashtirish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi