Endilikda ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha propiska oladigan fuqarolarning barcha qarindoshlari ham Toshkent va poytaxt viloyati propiskasiga o‘ta olmaydi.
«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida"gi Qonunga poytaxt hududiga doimiy propiskaga qo‘yish huquqiga ega shaxslar doirasi toraytirilishi ko‘zda tutilgan o‘zgartish kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 22 avgustda qabul qilinib, 25 avgustda Senat tasdig‘idan o‘tgan o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun 23 sentyabr kuni mamlakat Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi (qonunning 21-moddasiga qarang).
Endilikda ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yiluvchi fuqaroning qarindoshlari poytaxt va poytaxt viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yilmaydi. Propiskaga qo‘yiluvchi shaxsning xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga etgan bolalari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga etmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari bundan mustasno.
Norma.uz izohiga ko‘ra, muqaddam propiskaga qo‘yilganidan so‘ng uning birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ham doimiy propiska olishi mumkin edi. Masalan, ota o‘z o‘g‘lini propiskaga qo‘yishi mumkin. Mazkur propiskadan so‘ng uyga o‘g‘ilning quyidagi qarindoshlari: uning onasi (agarda avval ro‘yxatning 5-bandi bo‘yicha otasining xotini sifatida propiskadan o‘tmagan bo‘lsa), ona tomondan bobosi va buvisi, uning turmush o‘rtog‘i, yoshi va oilaviy holatidan qat’i nazar, barcha farzandlari doimiy ro‘yxatdan o‘ta olar edi.
Endilikda xuddi shunday vaziyatda o‘g‘ilning quyidagi qarindoshlarigina propiskaga qo‘yilishi mumkin: uning turmush o‘rtog‘i, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan (uylanmagan va turmushga chiqmagan) voyaga etgan bolalari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga etmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari.
Manba: gazeta.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi