
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 05.09.2024-yildagi ijro hujjatlariga asosan qarzdor "Qaraqalpaq suw ta'miynati” AJdan ishchi xodimlar B.B. va S.M.larga deyarli 20 mln. so‘m oylik ish haqlari va ma’naviy zarar undirish belgilangan.
Shunga qaramasdan, javobgar "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" AJ tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqlari tashlab berilmagan.
Shunda, ular sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqani ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga topshirilgan va bo‘lim tomonidan 25.09.2024-yili ijro ishi qo‘zg‘atilib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida "Qaraqalpaq suw ta'miynati” AJdan undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik joriy yilning 9 oktyabr kuni to‘liq undirib berilgan va ishchilarning buzilgan huquqlari tiklandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar