Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan jami 47,2 kg. narkotik moddalar musodara qilindi.
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 1971, 1974, 1985 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan 10 kg. 50 gr. «opiy» va 10 kg. 29 gr. «gashish» moddalarini kontranbanda yo‘li bilan olib o‘tgan vaqtlarida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.
DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, narkokur’erlar tomonidan Afg‘onistondan olib kelinib, Muzrabot tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg. 953 gr. «opiy» va 4 kg. 116 gr. «gashish» moddalarini qabul qilib olgan vaqtida Termiz shahrida yashovchi, 1981 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotik moddalarni Termiz shahrida qabul qilib olgan vaqtida 1976 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ushlandi.
Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam narkokur’erlar tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 922 gr. «opiy» va 4 kg. 203 gr. «gashish» moddalarini olib, doimiy yashash manziliga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, 1977 y.t. fuqaro ushlandi.
Mazkur shaxs ushbu ajal og‘usining har bir kilogrammini afg‘onistonlik narkosavdogarlardan 2300 AQSH dollaridan sotib olgan.
Sariosiyo tumanida qayd etilgan holatda, Denov tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida 4 kg. 80 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.
Bu yo‘nalishda DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1979 y.t. shaxs boshqaruvidagi «Jentra» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismida 975 gr. «opiy» moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 789 gr. «opiy» hamda 5 kg. 239 gr. «gashish» moddalari olindi.
Aniqlanishicha, mazkur fuqaro tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan ushbu zahri qotilni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.
Boshqa holatda esa muqaddam qirg‘izistonlik narkokur’erlar tomonidan Quvasoy shahri hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg. 922 gr. «gashish» moddasini olib, doimiy yashash manziliga ketayotgan vaqtida Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaro ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi