
Foto: “Dunyo” AA
BAAning MBS Global Investments kompaniyasi tibbiyotda kamyob boʻlgan dori vositalarini Oʻzbekiston bozoriga etkazib beradi, deya xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
Oʻzbekiston diplomatlari ushbu kompaniya ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashdi. BAA vakili Oʻzbekiston farmatsevtika mahsulotlarni Julphar kompaniyasi bilan birgalikda etkazib berishga qiziqish bildirildi.
“Birinchi bosqichda tibbiyotda kamyob boʻlgan dori vositalari Oʻzbekiston bozoriga kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan etkazib beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha loyiha amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, kompaniya infratuzilma sohasida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan Toshkent—Andijon pulli yoʻlini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.
Muzokaralar yakunida yuqorida muhokama qilingan loyihalar hamda Oʻzbekistonda qabul qilingan xususiylashtirish dasturi bilan batafsil tanishish maqsadida noyabr oyida mazkur kompaniya vakillarining Oʻzbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.
BAA kompaniyasi O‘zbekiston Kamyob dori vositalari Yetkazib berish MBS Global Investments Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar