10:49 / 14.10.2024
53

Buxoroda erkak hammaning ko‘z o‘ngida ikki kishini pichoqladi

Buxoroda erkak hammaning ko‘z o‘ngida ikki kishini pichoqladi
Foto: Videodan kadr
Kogon shahrida erkak 61 yoshli ayol va 29 yoshli yigitni ko‘chada, hammaning ko‘z o‘ngida pichoqladi. Bunga ular o‘rtasida ilgaridan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, holat kecha, 13 oktyabr kuni soat taxminan 13:10 da sodir bo‘lgan. 1971 yilda tug‘ilgan A.G. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tanishlari – 1963 yilda tug‘ilgan N.A. hamda 1995 yilda tug‘ilgan U.D.ni qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan.

Buning oqibatida U.D. og‘ir tan jarohatlari olib, shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Ayolga esa hozirda shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rstilmoqda.

Holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2 - qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U protsessual tartibida ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda erkak hammaning ko‘z o‘ngida ikki kishini pichoqladi