
“Oʻzgidromet” 16 oktyabr, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja boʻladi.
Togʻoldi va togʻli hududlarda havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanadi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib kelgandi. 15 oktyabr kuni antitsiklon mamlakatning barcha hududlariga ta'sir etadi. Harorat foni oʻrtacha iqlimiy qiymatlardan 6-8 darajaga past boʻlishi prognoz qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar