06:57 / 18.10.2024
23

Qatar kompaniyasi tomonidan Farg‘onada turizm qishlog‘i tashkil etiladi

Qatar kompaniyasi tomonidan Farg‘onada turizm qishlog‘i tashkil etiladi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qatarning JTA International Investment Holding kompaniyasi bosh direktori Amir Ali Salemini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda viloyatda qator yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Qatarlik ishbilarmon mavjud imkoniyatlarga yuqori baho berib, Qatar va Buyuk Britaniyada korporativ tashkilotlari, sho‘ba kompaniyalari tomonidan energetika, innovatsiyalar va texnologiyalar, turizm va transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida faol ish olib borilayotganligi, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kelgusida Farg‘ona viloyatida turizm qishlog‘i tashkil etish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiya kiritish niyati borligini qayd etdi. Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar bildirildi.

Viloyat hokimi turizm va qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi istiqbolli loyihalar viloyat uchun juda muhim ekanligini qayd etib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan har bir loyiha qo‘llab-quvvatlanishi, kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qatar kompaniyasi tomonidan Farg‘onada turizm qishlog‘i tashkil etiladi