Asadjon Xo‘jayev
Foto: AOKA
O‘zbekistonda mansabdorlar tomonidan jurnalistlar faoliyatiga aralashish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktori Asadjon Xo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” nashri.
Poytaxtda “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” davom etmoqda. Haftalik doirasida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlashga doir muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Asadjon Xo‘jayev mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq yutuqlar bilan birga, muammolar ham mavjudligini aytdi.
“Ayrim amaldorlar OAVda chiqarilgan tanqidiy materiallarni olib tashlash yoki o‘zgartirishni so‘rab, jurnalist faoliyatiga aralashishga urinmoqda. Biz bunday holatlarni bartaraf etish ustida ishlayapmiz. Qonunchilikda jurnalist faoliyatiga aralashmaslik belgilangan. Lekin bu tartibni buzganlik uchun javobgarlik yo‘q. Hozirda bunday qonunbuzarlik uchun javobgarlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun loyihasi ishlab chiqqanmiz. Yangi saylangan parlamentga ushbu hujjatni kiritamiz”, dedi AOKA rahbari.
Muloqotda Asadjon Xo‘jayev “Axborot kodeksi” ishlab chiqilayotgani, hujjat keng qamrovli bo‘lishini aytdi.
“Kodeks o‘zida 8 ta qonunni birlashtiradi. Hujjatda axborot olish, izlash va undan foydalanish, mediamakonni tartibga solish kabi barcha jihatlar qamrab olinadi. Bu tor sohaviy kodeks emas, har bir fuqaroga tegishli bo‘ladi. Kodeksni ishlab chiqishda YUNЕSKO va YXHT ekspertlari tavsiyalar bermoqda. Hozir hujjatni tayyorlash jarayoni yakuniy bosqichda. Yaqinda kodeksni keng jamoatchilik bilan muhokama qilib, parlamentga kiritish harakatidamiz”, dedi agentlik mas’uli.
“Axborot kodeksi” bundan ikki yil avval ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Asadjon Xo‘jayev o‘z chiqishida hujjat ustida ko‘proq ishlanayotgani, uni shoshmasdan qabul qilish zarurligini aytdi.
Shu bilan birga, AOKA mas’uli ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.
“O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 32 million kishidan oshdi. Bugun mamlakatdagi barcha ijtimoiy tarmoqlarning 66 million auditoriyasi bor. Xususan, Telegram'dan 28 million kishi foydalanadi. Ilgari OAVni ro‘yxatga olish qo‘l rejimida bo‘lardi. Hozir jarayon raqamlashtirilib, onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ldi. Hammasi elektron ravishda bo‘lyapti. Avval ro‘yxatdan o‘tishga 15 kun ketgan bo‘lsa, hozir bu 10 kunga qisqargan”, dedi u.
Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari soni 2340 taga yetgan. Shundan internet saytlari 738 tani tashkil etmoqda. OAVning 65 foizi nodavlat hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”