32
Prezident: Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500-2000 dollardan kam maosh olsa, ular uchun shu yerda sharoit yaratishimiz kerak
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Toshkent viloyatida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida mehnat migratsiyasi masalasiga to‘xtaldi.
“Har safar kelganimizda har bir tuman, har bir shaharda rivojlanishi nima bo‘ladi, nimalarga e’tibor berishimiz kerak degan savol ko‘ndalang turadi. Bugun sizlar bilan uchrashishimdan maqsad – Toshkent viloyati tajribasi nuqtayi nazaridan, Toshkent tumani misolida ishsizlikni yo‘q qilish, chet elda bo‘lganlarni qaytarish, viloyatda bo‘lgan 62 ming aholini kambag‘allikdan chiqarishni menga aytib berishdi.
Mana, Toshkent viloyatidan 157 ming aholi chetda yuribdi. Mening eng katta maqsadim – ular agar 1500-2000 dollar olsa, nur ustiga nur, ularga ko‘makchi-yelkadosh bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, ana shunda adolatli tizim bo‘ladi”, dedi davlat rahbari.
Marosimda jami 2 mlrd dollarlik 9 ta loyihaga start berildi.
Xususan, Olmaliqda 1 mlrd dollarlik sanoat texnoparki, Yuqori Chirchiqda to‘qimachilik parki, Bo‘kada quyosh elektr stansiyasi, Parkent va Piskentda esa energiya saqlash tizimlarini barpo etish ishlari boshlandi. Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlarida ikkita yangi GES, Yangiyo‘lda mineral o‘g‘it zavodi, Qibrayda eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash korxonasi ishga tushirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi