Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
Jumladan, bo‘lim ish yurituviga joriy yilning 20 avgust kuni viloyat soliq boshqarmasi foydasiga “Bunyod” fermer xo‘jaligidan 53 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirish yuzasidan ijro hujjati kelib tushdi.
Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, fermer xo‘jaligi qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilib, ixtiyoriy muddat berilgan.
Biroq fermer xo‘jaligi qarzdorlikni berilgan muddat davomida to‘lab bermaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan “Chevrolet Orlando” rusumli avtotrasnport vositasi mavjudligi aniqlangan va davlat ijrochisi tomonidan xatlangan.
Avtotransport vositasi xatlangandan so‘ng, qarzdor tomonidan 53 mln. so‘m soliq qarzdorligi to‘liq to‘lab berildi hamda avtomashina fermer xo‘jaligiga qaytarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi