Foto: Markaziy saylov komissiyasi
Kecha, 25 oktyabr kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun belgilangan saylovoldi tashviqotning oxirgi kuni bo‘ldi.
"Saylov kuni 27 oktyabr va ovoz berishga bir kun qolganida 26 oktyabr kunlari saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi", deyiladi Markaziy saylov komissiyasi axborotida.
Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi