17:17 / 26.10.2024
46

Aliment qarzdorligi undirildi

Aliment qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosining Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan aliment oluvchi norasida bolalar manfaatida samarali ishlar olib borilmoqda.

Biroq, ish jarayonida o‘z farzandi uchun moddiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaydigan qarzdorlar ham uchrab turadi.

Bunga misol bo‘lim ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor D.X.dan undiruvchi S.X. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro xarakatlari davomida qarzdor D.X.ning alimentdan qarzdorligi 01.10.2024 yil holatiga 66 mln. so‘mni tashkil qilgan va ushbu qarzdorlik pullari 23.10.2024 yilda to‘lik undirildi hamda taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan ijro hujjati ish yurituvdan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment qarzdorligi undirildi