Foto: Financial Times
AQSH G‘aznachilik departamenti Rossiya harbiy mashinasini zarur bo‘lgan ilg‘or texnologiyalar va uskunalar bilan ta’minlagan 275 nafar shaxs va tashkilotga sanksiyalar kiritdi. Ular qatorida O‘zbekistondagi Uzstanex va The Elite Investment Group kompaniyalari ham bor.
O‘zbekistonda 2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan Uzstanex mexanik dastgohlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning ustav fondi 65 mln so‘m bo‘lib, yagona ta’sischisi Vasiliy Abramovdir. Korxona Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan.
AQSH G‘aznachilik departamenti mazkur dastgohlar Rossiyaga yetkazib berilganini ma’lum qildi. Tegishli faoliyat bilan Qozog‘istondagi Kazstanex kompaniyasi ham shug‘ullangani ta’kidlangan. Tovarlar Xitoyda joylashgan Shanghai Winsun Imp va Exp Co Ltd (Shanghai Winsun) orqali Rossiyaga yetkazilgan. Shu sababli sanab o‘tilgan kompaniyalarga sanksiyalar qo‘llanilgan.
The Elite Investment Group 2024 yil yanvar oyida ulgurji va nomutaxassis savdo uchun tashkil etilgan. Kompaniya Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan. Ta’sischi va direktor Nodira Kazakbayeva bo‘lib, ustav fondi 3 million so‘mni tashkil etadi.
“Kompaniya 2024 yil mart oyi o‘rtalaridan maygacha Guslu Global kompaniyasini tashuvchi agenti sifatida foydalangan holda, Rossiyadagi kompaniyalarga, shu jumladan AQSHda ro‘yxatdan o‘tgan va Rossiyada joylashgan “GTS Grupp” kompaniyasiga taxminan 190 000 dollar qiymatidagi yuqori ustuvor tovarlarni, jumladan elektr transformatorlarini yetkazib berdi”, deyiladi G‘aznachilik departamenti xabarida.
Sanksiyalar O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, BAA, Shveysariya va Hindiston kompaniyalariga ham joriy etilgan. 20 dan ortiq turk kompaniyasi va 4 nafar jismoniy shaxs “Rossiyaga qarshi cheklovlarni chetlab o‘tishda ishtirok etgani uchun” AQSHning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Turkiya kompaniyalari 2023-2024 yillarda Rossiyaga mikroelektronika komponentlari, yarim o‘tkazgichlar, turli xil elektr uskunalari yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Kompaniyalarning o‘zi asosan elektron texnologiyalar, mashinasozlik, logistika, shu jumladan aviatsiya sanoati sohasida faoliyat yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi