O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2018 yildagi 482-sonli “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, nizolarning uch toifasi: fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumaladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga tatbiq etilishi mumkin.
Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.03.2019 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4236-sonli Qaroriga asosan 2019 yil 1 apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etilgan.
Hozirgi kunda, mediatsiya qonun normasi majburiy ijro etish jarayoniga samarali tatbiq etib kelinmoqda. Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 10.05.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor otadan undiruvchi ona foydasiga voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Hozirga qadar mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor ijro hujjati talablarini bajarish va taraflarning hamkorligi asosida o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadida professional mediatorga murojaat qilgan.
Professional mediator ishtirokida qarzdor va undiruvchi o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvga ko‘ra, qarzdor ota 5.000 AQSH dollari miqdorida aliment to‘lashiga, undiruvchi esa ijro hujjati bo‘yicha kelajakda da’vo qilmaslikka kelishib olishgan.
Ijro hujjati bo‘yicha mediativ kelishuv tuzilganligi bois, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan tugatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rodri “Oltin to‘p”ga aslida kim olishi kerakligini aytdi
O‘zbekistonda autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
Erdo‘g‘on: “Turkiya endi o‘zining milliy xavfsizlik masalalarini boshqalar bilan muvofiqlashtirmaydi”
Har kuni xurmo yeyish mumkinmi? Nutritsiolog tavsiyasi
Pentagon sobiq maslahatchisi: Ukraina 2025 yil Rossiyaga qarshi urushda yengilishi mumkin
Elchi: Zelenskiyning BRIKS sammiti haqidagi so‘zlari “haqiqatdan yiroq”
Rossiya qo‘shinlari Xarkiv markazidagi YUNESKO obyektiga havo hujumi uyushtirdi
Ramzan Qodirov: “Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi”